Ushbu loyiha PayTechUZ kutubxonasi yordamida Telegram bot orqali to'lovlarni qabul qilish va obuna (subscription) tizimini qanday tashkil etish mumkinligini ko'rsatib beradi.
Bot orqali foydalanuvchilar maxsus video darsliklar va kurslarga kirish huquqini sotib olishlari mumkin. To'lovlar Payme, Click va Atmos tizimlari orqali avtomatlashtirilgan.
- Obuna tizimi: Foydalanuvchilar o'zlariga mos tarifni (Basic, Standard, Premium) tanlab, obuna bo'lishlari mumkin.
- Avtomatlashtirilgan to'lovlar: To'lovlar real vaqt rejimida webhook orqali tasdiqlanadi va foydalanuvchi darhol ruxsat oladi.
- Maxsus kontent: To'lov amalga oshirilgandan so'ng, foydalanuvchilarga yopiq video darsliklar (Django Payme/Click integratsiyasi) taqdim etiladi.
- Foydalanuvchi profili: Obuna muddati, tanlangan tarif va statusni kuzatib borish imkoniyati.
Loyihani o'z kompyuteringizda ishga tushirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
git clone https://github.com/PayTechUz/fastapi_paytechuz.git
cd fastapi_paytechuz
pip install -r requirements.txt.env.example faylidan nusxa olib, .env faylini yarating va keraksi ma'lumotlarni to'ldiring:
cp .env.example .env.env faylida quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak:
BOT_TOKEN: Telegram bot tokeni.- Merchant ID va kalitlari (Payme, Click, Atmos uchun).
Loyiha FastAPI (webhook serveri) va Aiogram (bot) yordamida ishlaydi. Ularni bitta buyruq orqali ishga tushirish mumkin:
python -m bot.mainEslatma: Bu buyruq ham Webhook serverini (FastAPI), ham Telegram botni bir vaqtda ishga tushiradi.
To'lov tizimlari sizning serveringizga so'rov yuborishi uchun jprq yoki ngrok dan foydalaning:
jprq http 8000Olingan HTTPS havolani .env faylidagi WEBHOOK_URL ga yozing (masalan: https://example.jprq.live/api/bot/updates).